Google kompaniyasi 19-yanvardan Glass Explorer dasturining yopilishini va Google Glass aqlli ko‘zoynaklari sotuvi to‘xtatilishini e’lon qildi, deya xabar berdi “Rossiyskaya gazeta”. Qurilma egalari yangilanmalar olishdan to‘xtaydi. Kompaniyadagilarning aniqlik kiritishicha, jamiyatda ushbu gadjet yuzasidan ziddiyatlar yuzaga kelgani uni mukammallashtirish ehtiyojini keltirib chiqargan. Shu bilan birga Google dastur ishlab chiquvchi kompaniyalarga aqlli ko‘zoynaklarni yetkazib berishda davom etadi. Qurilma yaratuvchilari so‘zlariga ko‘ra, sinov dasturi davomida ko‘zoynak haqida ko‘plab ijobiy va salbiy fikrlar olingan, ularning barchasi yangi versiyani yaratishda hisobga olinadi.
Просмотров: 1207 | Добавил: Kenjamedia | Дата: 17.01.2015 | Комментарии (0)